O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti
Institut O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1961-yil 24-martdagi 205-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazilgan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan tashkil etilgan bo‘lib, uning muassisi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisoblanadi. Institut o‘z faoliyatida Konstitutsiya, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamda o‘z Ustaviga amal qiladi.
Institut faoliyatining asosiy maqsadi yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo‘naltirilgan loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va kuzatuv ishlarini olib borish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarga shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishdan iborat.