O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ishonch telefoni: +998 (55) 506-02-08

Qashqadaryo viloyati

“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi.

Qashqadaryo viloyati
ManzilQarshi shaxri Sharq ko‘chasi 7 uy
Telefon va faks+998 (75) 225-31-01
Elektron pochtaqashyerloyiha@umail.uz

Faoliyat

Bo‘linmaning vazifalari

Hududda yer tuzish, loyiha-qidiruv, monitoring va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

Bo‘linma faoliyatining asosiy maqsadi davlat boshqaruv organlari qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarish, loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot va kuzatuv ishlarini olib borish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan iborat.

  • Yer tuzish ishlarini bajarish va sohani takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
  • Yangi yer uchastkalarini tashkil etish va mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish.
  • Yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash, chegaralarni joyning o‘zida belgilash.
  • Elektron raqamli qishloq xo‘jaligi xaritalarini yaratish, yerlarni deshifrovka qilish va xatlovdan o‘tkazish.
  • Yer kadastri elektron bazasi va “Yer axborot tizimi” geportalini yaratish hamda yuritish.
  • Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda yerlarning holati va ulardagi o‘zgarishlarni monitoring qilish.
  • Yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish, yaylov xaritalarini tuzish.
  • Ekinlarni joylashtirish bo‘yicha elektron xaritalar tuzish va agrotexnik tadbirlarni kuzatish.
  • Almashlab ekish, yerlarni baholash va buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish.
  • Tayyorlangan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini olib borish.