Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti binosida “TUPROQSHUNOSLIKNING TRANSCHEGARAVIY MUAMMOLARI VA ULAR YECHIMINING INNOVATSION USULLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy anjumani ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur anjumanda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Amirqulovich Turayev Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan tabrik so'zlari o'qib eshittirdi.
