O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ishonch telefoni: +998 (55) 506-02-08

O‘zbekiston–Eron: agrar sohada uzoq muddatli hamkorlik sari muhim qadam tashlandi

O‘zbekiston–Eron: agrar sohada uzoq muddatli hamkorlik sari muhim qadam tashlandi

Xabaringiz bor kuni kecha poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi doirasida ikki mamlakat ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud aloqalarni tizimli asosda rivojlantirish hamda istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining «O‘zdavyerloyiha» davlat ilmiy loyihalash instituti va Eron Islom Respublikasining «Sirang Uav» kompaniyasi o‘rtasida Qishloq xo‘jaligi dronlari uchuvchilari va operatorlarini tayyorlash dasturini ishlab chiqish hamda servis markazlarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.