O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ishonch telefoni: +998 (55) 506-02-08

O‘zdavyerloyiha institutida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zdavyerloyiha institutida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "O‘zdavyerloyiha" institutida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov nomidan faxriy yorliqlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Oybek Soatov vazir nomidan faxriy yorliqlarni topshirdi.

Mazkur e’tirof institut xodimlarining ko‘p yillik samarali mehnati, sohaga qo‘shayotgan hissasi va o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligining munosib e’tirofi bo‘ldi. Faxriy yorliqlar bilan "O‘zdavyerloyiha" instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev, bosh direktor maslahatchisi Kuchkor Xojiyev hamda "O‘zbekiston zamini" jurnali bosh muharriri Erkin Mengliqulovlar taqdirlandi.


Ta’kidlash joizki, "O‘zdavyerloyiha" instituti mamlakatimizda yer tuzish ishlarini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni boshqarish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ishlarni ilmiy va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutadi. Institut mutaxassislarining bilim va tajribasi yer resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Marosim davomida institut direktorining o‘rinbosari Bekzod Inamov so‘zga chiqib, ustoz va murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, kasbiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, shuningdek, sohaga fidoyi va malakali mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyatiga alohida urg'u berdi. Ushbu e’tirof institut jamoasi uchun katta mas’uliyat va yangi marralar sari intilish uchun rag‘batdir.


O‘zdavyerloyiha instituti jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!