Sayt test rejimida ishlamoqda...

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari davlat reyestrini yuritish va ma’muriy-hududiy tuzilish masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartiblarini belgilash to‘g‘risidagi qarori, 832-son

“O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-75-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Manba: lex.uz 2024-12-10  

Vazirlar Mahkamasining “Yaylovlar va ulardagi yer osti suvlarini muhofaza qilish hamda yaylov degradatsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 126-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublikamizda yaylovlar va ulardagi yer osti suvlarini muhofaza qilish hamda yaylov degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish maqsadida: Manba: lex.uz 2024-03-12  

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq ho‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030 yillarga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 111-son qarori.

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan, shu jumladan, sug‘oriladigan yerlardan istiqbolda foydalanish va ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqishning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida: Manba: lex.uz 2024-03-04  

Vazirlar Mahkamasining “Aholiga dehqon xo‘jaligini tashkil etish uchun ijara huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-son qarori.

Ijara huquqi asosida berilgan yer maydonlarida eksportbop mahsulotlar yetishtirish uchun sharoit yaratish, ushbu yer maydonlarini doimiy daromad keltiruvchi aktivlarga aylantirish va bu sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 18-yanvardagi PF-15-son Farmoni, “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son hamda “2024-yilda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 9-yanvardagi PQ-7-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida: Manba: lex.uz 2024-02-01  

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 222-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-apreldagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-204-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarorida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash maqsadida: Manba: lex.uz 2023-05-30  

Vazirlar Mahkamasining “Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 169-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq respublika hududida yer resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tashkil etish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida: Manba: lex.uz 2023-04-29  

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 22-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va ekin maydonlarida monitoring ishlarini, yerlarni muhofaza qilishda davlat nazoratini amalga oshirish hamda yer tuzish tadbirlarini o‘tkazish tartiblarini belgilash maqsadida: Manba: lex.uz 2022-01-14  

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24 va 242-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmonining 14-bandi, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Manba: lex.uz 2021-11-24  

Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 389-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida: Manba: lex.uz 2021-06-22  

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 505-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Manba: lex.uz 2020-08-24  

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 737-son qarori.

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish hamda salbiy ta’sir yuzaga kelishini prognozlashtirish yo‘li bilan uning oldini olish, shuningdek, tabiiy resurslardan foydalanilishini tizimli ravishda kuzatish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini baholash, axborot bilan ta’minlash, tabiiy resurslardan maqsadli va oqilona foydalanish maqsadida: Manba: lex.uz 2019-09-05  

Vazirlar Mahkamasining “Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 299-son qarori.

Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan davlat nazoratini kuchaytirish, yer resurslarini aniq hisobini yuritishni tizimli yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan, jumladan, sug‘oriladigan, lalmi va yaylov yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Manba: lex.uz 2018-04-23  

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 235-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish maqsadida: Manba: lex.uz 2014-08-18  

Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 146-son qarori.

Yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, respublika aholi punktlarining arxitektura qiyofasini yaxshilash, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq ularning yerlaridan qurilish uchun oqilona foydalanish maqsadida: Manba: lex.uz 2011-05-25