Sayt test rejimida ishlamoqda...

Yangiliklar

Belorus Respublikasida O'zdavyerloyiha delegatsiyasi

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti yer tuzish mutaxassislaridan tashkil topgan delegatsiya Belorus Respublikasining “Belgiprozem loyiha instituti” Respublika unitar korxonasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan uzoq muddatli foydalanish va ularni muhofaza qilish sxemalarini (tuman yer tuzish sxemalarini) ishlab chiqish sohasidagi faoliyati bilan tanishish bo'yicha xizmat safarida.

Belorus Respublikasining “Belgiprozem loyiha instituti” Respublika unitar korxonasi Belarus Respublikasi Davlat mulk qo'mitasi tizimiga kiruvchi Belarus Respublikasining yer tuzish sohasidagi yetakchi korxona hisoblanadi.

2024-04-24   Aziza Mingbaeva

“YERLAR DEGRADATSIYASIGA QARSHI KURASHISHNING INTENSIV VA INNOVATSION YECHIMLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya axborot xati

2024-yil 19-aprel kuni “Xalqaro yer kuni” munosabati bilan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.

         Xalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishini olib boradi:

·       Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi;

Konferensiya rasmiy tili: o‘zbek, rus, ingliz

Maqolalarni qabul qilish muddati: 15.04.2024-yilgacha

Maqolalarni rasmiylashtirish talablari:

         Maqolalar o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

1. O‘zbek tilidagi maqolalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, rus tilidagi maqolalar krill alifbosida, ingliz tilidagi maqolalar ingliz alifbosida yozilishi va taqdim etilishi lozim.

2. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola muallifi yoki mualliflari

(5 kishidan oshmasligi lozim) o‘zlarining ismi, familyasi, otasining ismi, ish yoki o‘qish joyi, lavozimi, elektron pochta manzili haqidagi ma’lumotlarni (hamda mavjud bo‘lsa ORCID identifikatorini) taqdim etishlari shart.

3. Maqola xalqaro andozalarga muvofiq quyidagi talablarga javob berishi lozim:         

         - maqola mavzusi;

         - maqola muallif(lar)i to‘g‘risida ma’lumot;  

         - maqola annotatsiyasi;

         - kalit so‘zlar;

         - kirish;

         - mavzuga oid adabiyotlar tahlili;

         - tadqiqot metodologiyasi;

         - tahlil va natijalar;

         - xulosa va takliflar;

         - foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

Maqola quyidagi talablar asosida rasmiylashtiriladi:   

 A4 formatda:

Matn Microsoft Word – 2003;

Maqola matni chap tomondan – 3 sm, o‘ng tomondan – 1,5 sm, yuqori va past tomonlardan – 2 sm qoldiriladi;

Shrift – Times New Roman;

Maqola matni shriftining kattaligi – 14;

Qatorlar oralig‘i (interval) – 1,5;

Xat boshi (abzas) – 1,25.

Maqolaning mavzusi (nomi) o‘zbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 14) – bosma harflarda maqolaning yuqori qismiga qo‘yiladi.

 · Mavzudan keyin muallif yoki mualliflarning ismi, familyasi, otasining ismi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni, (mavjud bo‘lsa ORCID identifikatori), ish yoki o‘qish joyi, lavozimi, elektron pochta manzili haqidagi ma’lumotlar kichik harflarda, o‘zbek, rus, ingliz tillarida, kursiv (Shriftning kattaligi – 14. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) bilan yoziladi.

Qisqacha annotatsiya o‘zbek, rus, ingliz tillarida (Shriftning kattaligi – 12. Qatorlar oralig‘i (interval) – 1) yozilishi lozim. So‘zlar soni 60-80 tani tashkil etishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Kalit so‘zlar – (6 – 10 tadan kam bo‘lmagan) uch tilda o‘zbek, rus, ingliz tillarida beriladi.

Maqola mavzusiga mos UO‘K indeksi birinchi sahifaning chap burchagiga qo‘yiladi.

Matndagi havolalar quyidagi tartibda shakllantiriladi; [1] yoki [2, C.170] yoki [3, C.132, 185, 193].

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida (Times New Roman; 12 shrift; 1.0 interval) ko‘rsatilishi lozim.

  Tayyor maqolaning hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi va 5-7 betgacha bo‘lishi, mualliflar soni 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi tavsiya etiladi.

 Maqolalar anjuman yo‘nalishiga oid dolzarb mavzularda, muallif(lar)ning shaxsiy izlanishlari natijalari asoslangan bo‘lishi, matn originalligi -65%dan kam bo‘lmasligi lozim.

 Maqolaning mazmuniga ko‘ra va ko‘rsatilgan manbalarning to‘g‘riligiga muallif mas’uldir.

Taqdim etilgan maqolalar tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va yuqorida qayd etilgan talablarga mos kelganlari tanlab olinadi.

Tanlab olingan maqolalar to‘plam sifatida chop etiladi. Chop etilgan maqolalar uchun mualliflardan to‘lov undirilmaydi.

Chop etilgan to‘plam maqola mualliflarga elektron tarzda yuboriladi.

Maqolalarni 2024-yil 15-aprel sanasiga qadar +998974405854 telefon raqamiga @RSharopov199326 (https://t.me/RSharopov199326) telegram messenjeri orqali elektron ko‘rinishda taqdim etishlari lozim.

Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, “Feruza” mavze, 158-b uy.


2024-04-09   Aziza Mingbaeva

Ilmiy innovatsion ishlar bo'yicha Bosh direktor o'rinbosari tayinlandi

"O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutining Ilmiy innovatsion ishlar bo'yicha Bosh direktor o'rinbosari lavozimiga INAMOV BEKZOD NIZAMOVICH tayinlandi.

Tayinlovga qadar Bekzod Inamov "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti markaziy apparatida Doktorantura bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2024-04-03   Aziza Mingbaeva

O‘zbekistonda RECSOIL tashabbusi ilgari suriladi

Bugun Poytaxtimizdagi “Frankfurt” mehmonxonasida “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta karbonatlashtirish (RECSOIL) tashabbusi”ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

 Unda, mazkur tashabbusning tuproq unumdorligi yaxshilash va uning noqulay ta’sirlarga chidamliligini oshirish, iqlim o‘zgarishi muammolarini hal qilish, tuproq holatini yaxshilashga va natijada fermerlarning daromadlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini oshirish masalasi muhokama qilindi.

Aytish kerak, RECSOIL vositalari yer degradatsiyasining neytral muvozanatiga erishishga qanday hissa qo‘shishi, shuningdek, tuproqni barqaror boshqarishga ta’sirini baholash uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka moyil hududlarida qishloq xo‘jaligini resurs tejashning ilg‘or usullaridan foydalangan holda qo‘llab-quvvatlashda samarali natijalarga erishildi.

Bugungi seminarda ham ayni shu masalalar xususida so‘z yuritildi. Jumladan, seminar ishtirokchilarga RECSOIL mexanizmining mohiyati to‘g‘risida ma’lumot berish va vazirliklar, idoralar hamda ilmiy-texnik muassasalar orasidan loyihaning salohiyatli hamkorlarini aniqlash masalasi o‘rtaga tashlandi.

Qolaversa, seminar davomida O‘zbekistonda RECSOILni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Global tuproq hamkorligi (GSP) bilan hamkorlikda tashkil etildi.

2024-03-11   Aziza Mingbaeva

Eron Islom Respublikasining “Sirang UAV” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yilning 5-mart kuni “O‘zdavyerloyiha” DILIda Eron Islom Respublikasining “Sirang UAV” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Mazkur uchrashuv davomida qishloq xo'jaligi yo‘nalishida yangi turdagi Uchuvchisiz uchish qurilmalari (dron) bilan tanishish hamda Institut faoliyati bo'yicha taqdimotlar namoyish etilib, kelgusida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama etildi.

2024-03-06   Aziza Mingbaeva

Davlat idoralarida olima ayollarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni

Buxoro viloyatida 1-3-mart kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tizimidagi olima xotin-qizlari ishtirogida “Davlat idoralarida olima ayollarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni” mavzusidagi forumi bo'lib o'tdi. 


2024-03-05   Aziza Mingbaeva

Xotin-qizlar forumi o‘z ishini boshladi

Buxoro shahridagi “Sahid Zarafshon” mehmonxonasida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tizimidagi olima xotin-qizlarning “Davlat idoralarida olima ayollarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni” mavzusidagi forum o‘z ishini boshladi.

Forumni kirish so‘zi bilan ochib bergan “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin To‘rayev bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan olima ayollar sohada o‘z ilmiy ishlanmalari, tashabbuslari bilan faoliyat ko‘rsatib kelayotgani, ular uchun yurtimizda yaratib berilgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Firuza Xodjayeva so‘zga chiqib, bugun xotin-qizlarimiz har bir sohada faolligi, rahbarlik va liderlik salohiyati bilan o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelayotganini qayd etdi.

Shuningdek, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim dargohlari, ilmiy tadqiqot institutlarida mehnat qilayotgan olima ayollarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlar har qachongidan ham ko‘proq, ularga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtiromni ham bugun biz ayollarga yaratilgan e'tibor va hurmatning yana bir ko'rinishi dedi, F.Xodjayeva.

2024-03-02   Aziza Mingbaeva

Agrar soha rivojida olima ayollarning munosib ulushi bor

Bugun Buxoro viloyati Buxoro shahridagi temir yo‘l vokzalida “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tashabbusi bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning “Davlat idoralarida olima ayollarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni” mavzusidagi forumi ishtirokchilari kutib olindi.

Forum ishtirokchilari ko‘hna va boqiy Buxoroning ko‘rki bo‘lgan “Labi hovuz” majmuasida jam bo‘ldi. Majmua yaqinidagi mo‘jaz maskanda xalq og‘zaki ijodi namunalarini kuylab turgan ijodiy jamoaning kuy-qo‘shiqlari barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Shundan so‘ng, kayvoni onaxonlar, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bahoriy shoh taom sumalak pishirish uchun doshqozon atrofida yig‘ildi. Dastlab o‘stirilgan maysalarning shirasi olinib, qozonga solindi. 

O‘choqda yonayotgan olov taftida qaynab boshlagan sumalakni qo‘zg‘ab turgan ishtirokchilarning kayfiyati ham o‘zgacha. 

Forumning dastlabki kuni ana shunday yuqori kayfiyat, sumalak sayliga ulanib ketdi.

2024-03-01   Aziza Mingbaeva

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHDA BARCHA BIRDEK MAS’UL

Davlatimiz rahbarining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining yuzaga kelishi sababi va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning huquqiy ongini shakllantirishning yangicha mexanizmi yaratilgan.

Shu munosabat bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat kengashi bayonida belgilangan vazifalar doirasida vazirlik tizimidagi barcha idora va tashkilotlarda “Kasbiy ma’rifat” soatlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirning navbatdagisi "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida “korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusiga bag‘ishlandi. 

Mazkur yig'ilishda institut Bosh yuris konsulti Mamanazarov Abdusaid tomonida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat siyosati, korrupsiyaning sabablari va bartaraf etish yo‘llari haqidagi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy bilim va malakalarini oshirishga xizmat qilishi haqida targ'ibot ishlarini olib bordi.

2024-02-20   Aziza Mingbaeva

TAYINLOV

"O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti “Sirvilyerloyiha” Sirdaryo viloyati bo‘linmasi direktori v.v.b. lavozimiga MAXMIRZAYEV VAXABJAN AMIROVICH tayinlandi

Tayinlovga qadar Vaxabjan Maxmirzayev Sirdaryo viloyati Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'ining yerdan samarali foydalanish masalalari bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

2024-02-16   Aziza Mingbaeva

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarishga masʼul ishchi xodimlar uchun o‘quv-seminar

Ayni daqiqalarda Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlaridagi yuridik xizmat koʻrsatish va inson resurslarini rivojlantirish va boshqarishga masʼul ishchi xodimlar uchun o‘quv-seminari oʻz ishini boshladi.

Unda yangi tahrirdagi Mehnat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar, yuridik xizmat koʻrsatish hamda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarishning tizim tashkilotlarida ish samaradorligini oshirishdagi oʻrni haqida soʻz yuritilmoqda.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Adliya vazirliklaridan taklif etilgan mutaxassislarning ish beruvchi va ishchi oʻrtasidagi munosabatlar hamda norma ijodkorligi sohasidagi maʼlumotlari ishtirokchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.


2024-02-14   Aziza Mingbaeva

11 -FEVRAL – XALQARO “ILM-FAN SOHASIDAGI XOTIN-QIZLAR KUNI

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2013 yil 20 dekabrda “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovatsiyalar” to‘g‘risida rezolyusiya qabul qildi. Hujjatda ushbu sohada gender tenglikni ta’minlash kafolati sifatida istalgan yoshdagi ayollar va qizlarning fan, texnika va innovatsiyalar yutuqlari rivojidan teng va to‘laqonli foydalanish imkoniyati e’tirof etildi.

Oradan ikki yil o‘tgach, BMT Bosh Assambleyasining 2015 yil 22 dekabrdagi yalpi majlisida 11 fevral Xalqaro “Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” sifatida e’lon qilindi.

Ushbu sana munosabati "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti jamoasi mamlakatimizdagi barcha ilm-fan sohasidagi ayollarimizni muborakbod etadi.

2024-02-11   Aziza Mingbaeva
  1 - sahifa