Sayt test rejimida ishlamoqda...

O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi
"O`zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti

“O’ZDAVYERLOYIHA” davlat ilmiy-loyihalash instituti O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1961 yil 24 martdagi 205-sonli qaroriga asosan tashkil qilingan va Institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-son qaroriga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarkibiga o‘tkazilgan. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti 

O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan tashkil etilgan. Uning muassisi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisoblanadi. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi. Institut faoliyatining asosiy maqsadi davlat boshqaruv organlari qarorlarini (hujjatlarini) amalga oshirishga qaratilgan yer tuzishga oid kompleks tadbirlarni bajarishga yo‘naltirilgan loyiha-qidiruv, ilmiy-tadqiqot, kuzatuv ishlarini bajarish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga hujalik shartnomalarga asosan xizmatlar ko‘rsatish hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar va xizmatlarni ko‘rsatish orqali daromad olishdan iborat. 

Quyidagilar institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

  • Yer tuzish ishlarining bajarilishini ta’minlash va yer tuzishni takomillashtirishga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etish orqali yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish;
  • Yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini tanlash va ajratish bo‘yicha yer tuzish loyiha hujjatlarini tayyorlash va yer uchastkalarini naturada (joyning o‘zida) chegaralarini belgilab berish;
  • Elektron raqamli qishloq xo‘jaligi xaritalarini yaratish hamda yangilab borish maqsadida yer uchastkalarini deshifrovka qilish va xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xatlovdan o‘tkazish orqali holati yomonlashgan, shuningdek, foydalanilmayotgan, samarasiz va maqsadsiz foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash ishlarini bajarish;
  • Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning har bir yerdan foydalanuvchisi va ijarachisi bo‘yicha yer kadastri elektron bazasini shakllantirish ishlarini bajarish va ularning “Yer axborot tizimi” geportalini yaratish va yuritish;
  • Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni tahlil etib borish, yer turlari, yer uchastkalari holati va ulardagi o‘zgarishlar bo‘yicha kuzatish, o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, salbiy jarayonlarni bartaraf etish maqsadida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarini monitoring qilish;
  • Yaylov va pichanzolarda geobotanik tadqiqotlarni amalga oshirish va yaylov xaritalarini tuzish, tabiiy yem-hashak o‘sadigan yaylovlarning o‘simlik qoplami holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq jarayonlarning (o‘simliklar tarkibi, turi va hosildorligi, ularning sifati va to‘yimligigining o‘zgarishi) holati bo‘yicha monitoring qilish;
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha elektron raqamli xaritalarini tuzish va ulardan foydalanishni tashkillashtirish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejalariga rioya qilinishi, shuningdek, agrotexnik tadbirlarlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini monitoring qilish; 
  • Qishloq xo‘jaligi ekinlarini almashlab ekish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish; 
  • Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining me’yoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash;
  • Qishloq xo‘jaligi yerlarining buzilgan qismini rekultivatsiya qilish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish;
  • Yer tuzishga oid barcha ishlab chiqilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan mualliflik nazoratini olib borish;
  • Yer tuzish va yer kadastriga oid loyiha-qidiruv ishlarni bajarishda foydalanish uchun qishloq xo‘jaligi xaritalarini nashr qilish;

institut o‘z maqsadlari va vazifalari doirasida qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.

So'ngi Foto Lavhalar

Yoshlar kuni 2024
Yer kuni 2024
O'zdavyerloyiha
Futbol
Qish
None
None
None