Sayt test rejimida ishlamoqda...

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Qishloq xoʻjaligida zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish, ekinlarni ekish, yetishtirish va hosilni yigʻib olishni bosqichma-bosqich toʻliq mexanizatsiyalash, agrar sohada qishloq xoʻjaligi texnikalariga servis (texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish va taʼmirlash) xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish va servis ustaxonalari texnologik bazasini rivojlantirish maqsadida Manba: lex.uz 2024-12-12  

Qishloq xoʻjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalaridagi rahbar, mutaxassislar, oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi samaradorligini ta’minlash, ularning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini muntazam oshirib borish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, xodimlarning kasbiy, pedagogik malaka va mahoratini uzluksiz oshirish maqsadida: Manba: lex.uz 2024-12-04  

Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga hududlar agrosanoat tarmog‘idagi davlat boshqaruvi organlari vazifa va funksiyalarining takrorlanishi, hududlarda yagona boshqaruv tizimining mavjud emasligi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga, sohada yagona davlat siyosatini olib borish va strategik vazifa va islohotlarni yetarlicha amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Mazkur holat hududlarda qishloq xo‘jaligi sohasida yagona integratsiyalashgan davlat boshqaruvi tizimini yo‘lga qo‘yish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Yangi O‘zbekiston sharoitida agrar sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham, integratsiyalashgan davlat boshqaruvi tizimini yo‘lga qo‘yish, olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini yanada oshirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida: Manba: lex.uz 2024-12-02  

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida: Manba: lex.uz 2024-04-05  

Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish maqsadida: Manba: lex.uz 2023-08-02  

2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ichki bozorda aholi talabini ta’minlash va narxlar barqarorligini saqlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida: Manba: lex.uz 2023-04-05  

Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorlarda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda agrar sohada aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali ularning daromadlarini oshirish, shuningdek, “Bir hudud — bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish hamda eksport salohiyatini oshirish maqsadida: Manba: lex.uz 2022-09-10  

Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2022 yil 10 iyundagi Mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning salbiy oqibatlarini yumshatish, hududlarda cho‘llanish va qurg‘oqchilikning oldini olish, bioxilmaxillikni asrab qolish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash, ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or ilmiy ishlanmalar va innovatsiyalardan keng foydalanish asosida mintaqalarni barqaror rivojlantirishga erishish maqsadida: Manba: lex.uz 2022-06-10  

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish, shuningdek, elektr uzatish tarmoqlari, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, temir yo‘l liniyalari, avtomobil yo‘llari, kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari va shu kabi boshqa inshootlar (keyingi o‘rinlarda — muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari) uchun yer uchastkalarini ajratish jarayonlarini kompleks huquqiy tartibga solish maqsadida: Manba: lex.uz 2022-04-12  

Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida: Manba: lex.uz 2021-11-23  

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, davlat monitoringi, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish va uni muhofaza qilish tizimini tubdan takomillashtirish va sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida: Manba: lex.uz 2021-02-24