Sayt test rejimida ishlamoqda...

22-aprel XALQARO YER KUNI MUNOSABATI BILAN xalqaro anjumani

Tadbirlar   2025-04-22   Aziza Mingbaeva

Xalqaro Yer kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan anjuman ishini Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida yer resurslarini muhofaza qilish va ularni samarali boshqarish masalalarining dolzarbligini ta’kidlab, bu borada ilmiy yondashuv va xalqaro hamkorlik muhimligini qayd etdi.


Anjumanda yer degradatsiyasining oldini olish, raqamli monitoring tizimlarini joriy etish, cho‘llanish va sho‘rlanishga qarshi kurashish, shuningdek, innovatsion texnologiyalar orqali agrar yerlarni tiklash, dehqon xo‘jaliklarini raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilinmoqda.