Sayt test rejimida ishlamoqda...

Agrar soha rivojida olima ayollarning munosib ulushi bor

Gender tenglik   2024-03-01   Aziza Mingbaeva

Bugun Buxoro viloyati Buxoro shahridagi temir yo‘l vokzalida “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti tashabbusi bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning “Davlat idoralarida olima ayollarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni” mavzusidagi forumi ishtirokchilari kutib olindi.

Forum ishtirokchilari ko‘hna va boqiy Buxoroning ko‘rki bo‘lgan “Labi hovuz” majmuasida jam bo‘ldi. Majmua yaqinidagi mo‘jaz maskanda xalq og‘zaki ijodi namunalarini kuylab turgan ijodiy jamoaning kuy-qo‘shiqlari barchaga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

Shundan so‘ng, kayvoni onaxonlar, vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bahoriy shoh taom sumalak pishirish uchun doshqozon atrofida yig‘ildi. Dastlab o‘stirilgan maysalarning shirasi olinib, qozonga solindi. 

O‘choqda yonayotgan olov taftida qaynab boshlagan sumalakni qo‘zg‘ab turgan ishtirokchilarning kayfiyati ham o‘zgacha. 

Forumning dastlabki kuni ana shunday yuqori kayfiyat, sumalak sayliga ulanib ketdi.