Sayt test rejimida ishlamoqda...

Agrar sohadagi ilg'or tajribalar va innovatsiyalar

Yangiliklar   2026-01-26   Aziza Mingbaeva

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida tuman (shahar) hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan "Agrar sohadagi ilg'or tajribalar va innovatsiyalar" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminari bo'lib o'tmoqda.

Mazkur seminar doirasida "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Texnika fanlari doktori, professor Ruhiddin Turayev tomonidan seminar ishtirokchilariga bugungi kunda qishloq xo'jaligida uchuvchisiz uchish apparatlarini joriy qilish hamda innovatsion texnologiyalar yordamida sohada yangi tizimlarni o'rni mavzusiga bag'ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi.