Sayt test rejimida ishlamoqda...

Agrobiznesni rivojlantirish loyihasiga qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqarish tizimini isloh qilish

Xalqaro hamkorlik   2022-06-17   Aziza Mingbaeva

2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida  USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasiga qishloq xo‘jaligi yerlarini boshqarish tizimini isloh qilish bo‘yicha xalqaro konsultantlari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 16-iyun kunida USAID xalqaro maslahatchisi - Chinara Arapova "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida bo'lib O'zbekistonda Qishloq xo'jaligini rivojlantirish, Agrobiznesni takomillashtirish, qishloq xo'jaligi yerlaridan unumli foydalanish kabi bir qancha dolzarb mavzularda suhbatlashib, ushbu yo'nalishdagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo'yicha o'zaro tajriba almashishdi.