Sayt test rejimida ishlamoqda...

“Agroinnovatsiya va yoshlar” ko‘rik-tanlovi g’oliblari tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha Fransiyada stajirovkada

Xalqaro hamkorlik   2025-10-13   Aziza Mingbaeva

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Yer tuzuvchilar jamoasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarini 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadqiqotchi va doktorantlari o‘rtasida “Agroinnovatsiya va yoshlar” 2025 ko‘rik-tanlovida g'olib bo'lib, tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatga tadqiqot va stajirovka uchun yo‘llanma sertifikati bilan taqdirlangan edi. 

"O'zdavyerloyiha" jamoasi Fransiya Respublikasining Klermon-ferran shahrida konferensiyasida qatnashmoqda. Konferensiya doirasida Fransiyaning mahalliy zot chorva mollarini boqib, go‘sht, sut maxsulotlarini ishlab chiqaradigan fermalar, yaylov yerlarining boshqaruv holatlari bilan tanishdi. 

Shuningdek konferensiya doirasida qishloq xo‘jaligi yerlarining maxsuldorligini oshirish, sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasida faoliyat yurituvchi “Greencell” tashkiloti o'rganilib, “Sommet de l’elevage” sammiti bosh direktori Benua Delalua bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.