Sayt test rejimida ishlamoqda...

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Huquqiy axborot   2025-11-07   Aziza Mingbaeva

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 31.10.2025 yildagi "Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-322-sonli qarorga asosan «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti huzurida yaylov yerlari bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ma’lumotlar bazasini boshqarish markazini tashkil etish hamda «Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integrasion platformasida yaylovlarni boshqarishning yagona axborot tizimini yaratish orqali yaylovlar holatini doimiy monitoring qilish tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. 


Shuningdek mazkur qarorga muvofiq, tegishli vazirlik va agentliklar hamkorlikda 2026-yil 1-iyulga qadar yaylovlarni tiklash bo‘yicha loyihani boshlaydi hamda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 


🔹Jamoat yaylovlari tashkil etish — aholining uy sharoitida boqiladigan chorva mollarini oziqlantirish imkoniyatini kengaytirish;

🔹Yaylovlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish — mavjud yerlar holati va inventarizatsiyasi;

🔹Infratuzilmani tiklash — suv quduqlari qazish, o‘simlik turlarini ko‘paytirish, dronlar orqali urug‘ sepish va yaylovlardan samarali foydalanish choralari;

🔹Boshqaruvni kuchaytirish — Qoraqalpog‘iston va viloyatlar huzurida yaylov yerlarini boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha alohida direksiyalar tashkil etish;

🔹Doimiy monitoring — «O‘zdavyerloyiha» huzurida Ma’lumotlar bazasini boshqarish markazi va «Raqamli qishloq xo‘jaligi» platformasida yagona axborot tizimini yo‘lga qo‘yish.


📌Qaror doirasida yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, serhosil cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy tajriba (jumladan, Xitoy va Mo‘g‘uliston)ni amaliyotga joriy etish rejalashtirilgan.