Sayt test rejimida ishlamoqda...

AKIS MARKAZI ORQALI 16 XIL XIZMAT TURINI SOHA VAKILLARI 50 FOIZLIK CHEGIRMA BILAN OLISHI MUMKIN

Tadbirlar   2022-03-16   Aziza Mingbaeva

Shu haqda Toshkent viloyatidagi AKIS markazida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirda agrar soha vakillariga so‘zlab berishdi.


– Endilikda barcha qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanuvchilari "O‘zdavyerloyiha" institutining 16 turdagi xizmatlaridan foydalanish uchun aynan Qishloq xo‘jaligi vazirligi AKIS xizmatlar markazlari orqali murojaat qilishsa, 2022-yil oxiriga qadar 50 foiz chegirmaga ega bo‘lishadi. Ular orasida yer tuzish va kartografiya yo‘nalishi bo‘yicha 7 ta, dronlar yo‘nalishi bo‘yicha 5 ta xizmat, xususan, qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini aniqlash, zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining maydoni va holatini monitoring qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari bilan bog‘liq iqtisodiy muammolarni aniqlash bo‘yicha 3 yo‘nalishdagi xizmatlar bor, — dedi "O‘zdavyerloyiha" DILI bosh direktori Ruhiddin Turayev.