Sayt test rejimida ishlamoqda...

Andijon viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2022-y. PQ-373 qarori bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda

Viloyatlar   2022-09-30   Aziza Mingbaeva

Andijon viloyatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.09.2022-y. PQ-373 qarori bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

I-bosqichda 4413 gektar maydondan 4401,33 gektar 43511 ta lot tayyorlangan va tanlov g`oliblariga yer uchastkasini joyida ko`rsatib berilgan;

Bugungi kunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish II-bosqichi bo‘yicha viloyat kesimida:

4000 gektar maydondan 2850,2 gektar maydonda 18 693 ta lot tayyorlangan;

1541,3 gektar maydonda 10 180 ta lot bo‘yicha “E-Auksion” elektron savdo platformasida tanlovga qo`yilgan.

Andijon viloyatida 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 8 413 gektardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga asosan O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdaverloyiha” DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi.