Hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish bo'yicha "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Xorazm viloyati bo'linmasi rahbariyati boshchiligida “Arda Xiva” turistik majmuasiga sayohat tashkil qilindi.
Mazkur majmuada Buyuk Ipak yo‘lining o‘ziga xos jozibasini qayta tiklash maqsadida G‘ovik ko‘li yaqinida, sayyohlik shaharchasi hududida suv rekreatsion zonalari va yirik savdo maydonchalari barpo etilgan.
