Sayt test rejimida ishlamoqda...

Barqaror yer boshqaruvi va yerdan foydalanish monitoringi milliy agentligi o‘rtasida o‘zaro memorandumi

Xalqaro hamkorlik   2025-05-01   Aziza Mingbaeva

#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik #Gruziya_Respublikasi #Memorandum 


22 aprel — Xalqaro Yer kuni munosabati bilan Gruziya qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Gizo Chelidze ham Gruziya Respublikasi Barqaror yer boshqaruvi va yerdan foydalanish monitoringi milliy agentligi raisi Giorgi Misheladze boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.


“O‘zdavyerloyiha” institutida bo'lib o'tgan uchrashuvda qishloq xo‘jaligi yerlarini raqamlashtirish, maqsadli va samarali foydalanish, yer resurslarini boshqarish hamda ilmiy faoliyat bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 



Shuningdek, “O‘zdavyerloyiha” instituti hamda Gruziya Respublikasi Barqaror yer boshqaruvi va yerdan foydalanish monitoringi milliy agentligi o‘rtasida o‘zaro memorandum imzolanib, soha taraqqiyotiga xizmat qiladigan ilmiy va amaliy dasturlarning istiqbolli rejalar belgilab olindi.