Sayt test rejimida ishlamoqda...

BAYROG'IM-G'URURIM!

Tadbirlar   2022-11-18   Aziza Mingbaeva

Bayroq – insoniyat tarixini aks ettiradigan o‘ziga xos ramzlardan biridir. Zero milliy bayrog‘imiz mamlakatimiz suverenitetining oliy ramzi bo‘lib, xalqaro miqiyosda O‘zbekiston Respublikasining timsoli sifatida namoyon bo‘ladi.

Bugun Yangi O‘zbekistonni porlayotgan quyoshga qiyoslasak, undan taralayotgan ilmu ziyo nuri ko‘hna zaminga merosdir. Davlatimiz bayrog‘i xalqimizning irodasini toblab, elni ezgulik, ulug‘ va buyuk maqsadlar sari birlashtirib xalqimizga ruhiy quvvat beradi. Milliy bayrog‘imiz juda chiroyli unda ulug‘vorlik, ezgulik, tariximiz aks etadi.  

Davlat bayrog‘ining 31 yilligi munosabati bilan butun mamlakat bo‘ylab “MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!”, “SHUHRATING PORLASIN TOKI BOR JAHON!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Surxondaryo viloyati bo'linmasi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.