Buyuk Mutafakkir, g'azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Navoiy nomi bilan atalgan shahardagi Alisher Navoiy bog’iga borishdi.
Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati tarixidagi ulug‘ siymolardan biridir.
Alisher Navoiy hikmatlaridan
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
Odam — tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir.
Uning tili orqali boshqa odamlardan afzalligi bilinadi. Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa — tilning ofatidir.
Kimki, yolg‘on so‘zni birovga to‘nkagay, o‘z qora yuzini yog‘ga bulaydi. Ozgina yolg‘on ham ulug‘ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.
Naf’ing agar xalqqa beshakdurur
Bilki, bu naf’ o‘zungga ko‘prakdurur.
