Sayt test rejimida ishlamoqda...

“Cotton research institute” bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari

Xalqaro hamkorlik   2022-06-01   Aziza Mingbaeva

Turkiya Respublikasi Ekologik qishloq xo‘jaligi (ETO) tashkilotining taklifiga asosan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida Turkiya tajribasini o‘rganish hamda “Cotton research institute” bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti deligatsiya a'zolari 2022 yil 22-30 may kunlari Turkiya Respublikasining Izmir shahrida xizmat safarida bo‘ldilar.

Bunda Aydin tumanidagi qishloq xo‘jaligi yerlarida organik paxtani ekish muddatlari va meyorlari, agrotexnikasi hamda yetishtirilishidan uni tola holatigacha bo‘lgan davrlari o‘rganildi.

Mutaxassislar 27-29 may kunlari tashkillashtirilgan ekologik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasida qatnashib, yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan bevosita tanishib, tajriba almashishdi.