Sayt test rejimida ishlamoqda...

DARBAND, BOYSUN, SURXONDARYO

Bu qiziq   2024-01-19   Aziza Mingbaeva

Darband so‘zi forschadan olingan boʻlib, „dar“ — „eshik“, „dara“; „band“ — „mustahkam“, „berk“, „to‘siq“ degan maʼnolarni anglatadi. Qishloq bir necha yuz yillik tarixga ega boʻlib, eskidan tranzit vazifasini bajargan. Qishloq orqali o‘tgan yo‘l Buxoro amirligi davrida amirlikning g‘arbiy qismini sharqiy qismi bilan bog‘lovchi eng yaqin yo‘l hisoblangan.


Klod Rapin va Sh.Rahmonovning oʻzbek-fransuz ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan qazishmalarda devorning markaziy qismida Yunon-Baqtriya davri (miloddan avvalgi III-II asrlar) qatlamlari aniqlangan. Bu joyda yoʻlni nazorat qiluvchi qoʻriqchi posti kabi istehkomlar boʻlgan.

Qadimda va oʻrta asrlarda Shoʻrob daryosi vodiysi Oʻrta Osiyoning shimoliy va markaziy viloyatlarni (Samarqand, Buxoro va Shosh) Baqtriya-Toxariston va Hindiston bilan bogʻlovchi asosiy yoʻl oʻtgan. Derbanddan gʻarbda mashhur togʻ dovoni – Temir darvoza bor edi. Temir darvoza haqida birinchi marta 630-yillarda xitoylik sayyoh Syuantszang tilga olgan.

Ta'kidlash joizki, "O'zdavyerloyiha" instituti mutaxassislari tomonidan gidrografik obyektlarning muhofaza zonalarini belgilash bo'yicha loyihalarni ishlab chiqadi, shuningdek institut tomonidan 2023-yilda III-Yoshlar forumi ham Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tdi. Mazkur forumda dala tadqiqotlari va topografik izlanishlar, geobotanik ma’lumotlar, suv obyektlari bo‘yicha qo‘shimcha ilmiy-tadqiqot ishlari yoshlar tomonidan tahlil qilingan.