Sayt test rejimida ishlamoqda...

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI TOMONIDAN ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR

Tadbirlar   2022-11-15   Aziza Mingbaeva

“Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida "DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI TOMONIDAN ODOB-AXLOQ QOIDALARIGA RIOYA ETILISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR" mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur seminarda "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Xodimlar bo'limi boshlig'i Abdullayeva Mahfuza, Yuridik bo'lim boshlig'i Mamanazarov Abdusaid ishtirok etishmoqda.

Mazkur seminarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabr sanasidagi "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar" to'g'risidagi 595-son qarorining mazmun mohiyati, Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari bo'yicha taklif etilgan mutaxassislar tomonidan tushunchalar berib o'tildi.