Sayt test rejimida ishlamoqda...

DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISH BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Viloyatlar   2022-09-23   Aziza Mingbaeva

"DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI" PQ-373 QAROR BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Xabaringiz bor Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamentiga asosan "O'zdavyerloyiha" DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi. 

Hozirgi kunda Surxondaryo viloyati bo'linmasi tomonidan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha viloyat kesimida:

6 390,79 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 29 943 ta lot tayyorlangan;

5 682,84 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 28 103 ta lot bo'yicha "E-Auksion" elektron savdo platformasida tanlov g'oliblari aniqlangan.

Ma'lumot o'rnida: Surxondaryo viloyati bo'yicha 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 7 797 gektar yer maydonini tashkil qiladi.