Sayt test rejimida ishlamoqda...

"DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI" PQ-373 QAROR BO'YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Viloyatlar   2022-11-20   Aziza Mingbaeva

Xabaringiz bor Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma'muriy reglamentiga asosan "O'zdavyerloyiha" DILI ijrochi tashkilot hisoblanadi. 

Hozirgi kunda Farg'ona viloyati bo'linmasi tomonidan Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo'yicha viloyat kesimida:

6 934 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 46 247 ta lot tayyorlangan;

6 494 gektarni tashkil etuvchi yer maydonlarida 44 020 ta lot bo'yicha "E-Auksion" elektron savdo platformasida tanlov g'oliblari aniqlangan.

Ma'lumot o'rnida: Farg'ona viloyati bo'yicha 2022-yil yakuniga qadar fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmi 7 178 gektar yer maydonini tashkil qiladi.