Sayt test rejimida ishlamoqda...

"Farvilyerloyiha" boʻlinmasida "Siyosiy-ma'rifat soati" oʻtkazild

Viloyatlar   2025-06-13   Aziza Mingbaeva

"Oʻzdavyerloyiha" DILI Bosh direktorining 24.02.2025 yilgi 6-sonli "Institut tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha navbatgi chora-tadbirlar toʻg'risida"gi buyrug'iga asosan har hafta siyosiy-maʼrifat soati tashkil etish belgilangan.


Bugungi oʻtkazilgan uchrashuvda Oliy Majlis qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi oʻrinbosari, Xalq demokratik partiyasi Fargʻona viloyati Kengashi raisi Oʻktamov Shoxrux Ulugʻbek oʻgʼli, Havo xujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qism xarbiy xizmatchisi Mayor Nishonboyev Dostonbek Baxtiyor oʻgʼli hamda boʻlinma hodimlari ishtirok etdilar. 


Uchrashuv davomida hozirgi kundagi qonunchilikdagi yangilik va oʻzgarishlar, mamlakatimizning jahon maydonidagi mavqeining oʻsish dinamikasi, jahondagi siyosiy masalalar, ma'naviyatining inson va jamiyat hayotida tutgan oʻrni mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida boʻlinma xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga, aniq javoblar oldilar.