#O_zdavyerloyiha_DILI #Gender_tengligi
"O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida bosh direktorining Gender tenglik masalalari bo'yicha maslahatchisi Maxfuza Abdullayeva boshchiligida institut xotin-qizlari ishtirokida “Gender tenglik” masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig`ilishda “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutida xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotini tashkil etish, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti to‘g‘risida tegishli nizomlarini va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkilotining tarkibini tasdiqlash masalalari muhokama qilinib, tarkib tasdiqlandi.
Tegishli buyruqqa asosan: Kamola Xaitova-kengash raisi o'rinbosari, Arabova Gulbodom- kengash kotibi etib belgilandi.
Shuningdek mazkur yig'ilishda mamlakatimizda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, o‘z o‘rnida "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida ham ishlayotgan xotin-qizlarning samarali faoliyat olib borishlari, o‘z kasblariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Gender tenglik – demokratik taraqqiyot belgisi” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan fikr va muloxazalar bildirildi.
