Sayt test rejimida ishlamoqda...

Gender tenglik

Gender tenglik   2022-01-31   Lutfulla Rakhmatullaev

Bugun 2022-yil 31-yanvar kuni "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida bosh direktori Ruhiddin Amirqulovich boshchiligida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi va markaziy apparat xodimlari (xotin-qizlari) ishtirokida “Gender tenglik” masalalari bo‘yicha institutning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Institut bosh direktori mamlakatimizda ham tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, o‘z o‘rnida "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida ham ishlayotgan xotin-qizlarning samarali faoliyat olib borishlari, o‘z kasblariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Gender tenglik – demokratik taraqqiyot belgisi” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu kengaytirilgan yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan xotin-qizlarning haq-huquqlari, imtiyoz va majburiyatlari haqida so‘z bordi hamda sohada mehnat faoliyatini yuritayotgan xotin-qiz xodimlarimiz mavjud muammo va yutuqlar haqida ham o‘z fikrlarini bildirdilar. 

Kun tartibiga qo‘yilgan ushbu masalalardan kelib chiqib, markaziy institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib sohada uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan institut “Metodologiya” bo‘limi bosh mutaxassisi Rizayeva Dilorom Muttalipovna bir ovozdan saylandi va unga kotiba etib yig‘ilish ishtirokchilari tavsiyasiga ko‘ra Kenjayeva Xilola tayinlandi. 

Umid qilamizki, kelgusida markaziy institut xotin-qizlari tomonidan sohada, turli ilmiy-amaliy loyihalarning bajarilishida albatta sezilarli darajada o‘zining samarasini beradi.