Sayt test rejimida ishlamoqda...

Gender tenglik masalalari muhokama qilindi

Gender tenglik   2023-01-05   Aziza Mingbaeva

"O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida bosh direktorining Gender tenglik masalalari bo'yicha maslahatchisi Rizayeva Dilorom boshchiligida institut xotin-qizlari ishtirokida “Gender tenglik” masalalari bo‘yicha institutning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig`ilishda mamlakatimizda ham gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, o‘z o‘rnida "O‘zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida ham ishlayotgan xotin-qizlarning samarali faoliyat olib borishlari, o‘z kasblariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Gender tenglik – demokratik taraqqiyot belgisi” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ushbu yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan fikr va muloxazalar bildirildi.