Sayt test rejimida ishlamoqda...

HUDUDLARDAGI YERLAR DEGRADATSIYASI, CHO‘LLANISH VA QURG‘OQCHILIKNING HOZIRGI HOLATI VA UNGA QARSHI KURASHISH

Yangiliklar   2024-05-07   Aziza Mingbaeva

”O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlardagi o‘rmonlar va yaylovlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Hududlardagi yerlar degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish” mavzusida Buxoro viloyatida seminar bo'lib o'tdi. 


Mazkur seminarda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Geobotanik tadqiqotlar bo'limi boshlig'i Musulmon Norqulov "O'zbekiston yaylovlarining hozirgi holati" mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi. 


Ma'lumot o'rnida, mazkur tashkil qilingan seminarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:


-hududlardagi yerlar degradatsiyasi, cho‘llanish va qurg‘oqchilikning hozirgi holati va unga qarshi kurashish;


- yaylovlardan oqilona foydalanish;


- yer degradatsiyasi neytralligi (LDN) maqsadlariga erishishda qanday yordam berishi haqida maʼlumot berish.