Sayt test rejimida ishlamoqda...

INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ORQALI LALMI YERLARNI MONITORING QILISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ilmiy ishlar   2022-09-19   Aziza Mingbaeva

«INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ORQALI LALMI YERLARNI MONITORING QILISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)” 

Ayni damda “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institute doktoranti Sharopov Ramziddin Najmiddinovichning «Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali lalmi yerlarni monitoring qilish ishlarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi 06.01.10 – «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi


Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:

ArcGIS dasturida Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani lalmi yerlardan foydalanuvchilarga 1:10 000 masshtabli elektron raqamli xaritasi tuzilgan;

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Alisher Navoiy nomli massivi lalmi yerlar hududining 3D o‘lchamli modeli tuzilgan;

Lalmi hududlardan samarali va unumli foydalanish bo‘yicha «Lalmi va yaylov yerlarida monitoring yuritish» ilmiy-uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan.