Sayt test rejimida ishlamoqda...

Institut ilmiy salohiyati oshmoqda

Ilmiy ishlar   2025-01-06   Aziza Mingbaeva

O'ZDAVYERLOYIHA" DAVLAT ILMIY LOYIHALASH INSTITUTI DOKTORANTLARI QISHLOQ XO'JALIGI FANLARI BO'YICHA FALSAFA DOKTORI DIPLOMINI OLDI


"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti falsafa doktori Xakimov Boxodirjon Baxtiyorjon o‘g‘li “Agrar va ijtimoiy sohalar samaradorligini oshirishda tog‘ yaylovlaridan foydalanish tizimini takomillashtirish (Toshkent viloyati misolida) ” mavzusida,


"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti falsafa doktori Gaibberdiyev Sunnatilla Baxtiyor o‘g‘li “Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanuvchilar yerlarining me’yoriy qiymatini aniqlash uslubini takomillashtirish (Toshkent viloyati Qibray tumani misolida)” mavzusida yoqlab,


 06.01.10 - «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosligida Qishloq xo'jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori diplomlarini olishdi.


Diplomlarni "O'zdavyerloyiha" DILI Bosh direktori Texnika fanlari doktori Professor Ruhiddin Turayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.