2023-yil 26-oktyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Istiqbol umidlari” tanlovining uchinchi kuni o‘tkazildi.
Tanlovning uchinchi kunidagi saralash bosqichida Vazirlik tizimidagi Ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlardan iborat 6 ta jamoa shu jumladan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutining "Yer tuzuvchilar" jamoalari ishtirok etdi.
Jamoalar 3 ta shart: “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Yakunda faxrli 1-o‘rinni institutning YER TUZUVCHILAR jamoasi qo‘lga kiritdi.
