Sayt test rejimida ishlamoqda...

Kitobxonlik – ma’rifat poydevori

Yangiliklar   2026-01-21   Aziza Mingbaeva

Bugun "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori maslahatchisi Xojiyev Kuchkor Mamadiyorovich boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.01.2026 yildagi "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 9-son qarori mazmun mohiyati va belgilangan vazifalar bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilish xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga qaratildi.


Bosh direktor maslahatchisi o'z chiqishida inson tafakkurini yuksaltirishda kitobning beqiyos o‘rni, soha bo'yicha nashr etilayotgan ilmiy-nashrlarning ilmiy-salohiyati va sohada muhim o'rin tutishi alohida ta’kidladi. Shuningdek qarorda keltirilgan “Kitob — maʼrifat manbai” dasturi bo'yicha amalga oshirilishi belgilangan vazifalar muhokama qilindi.