Sayt test rejimida ishlamoqda...

KO‘CHAT EKISH BO‘YICHA "DOLZARB 40 KUNLIK"

Tadbirlar   2022-11-15   Aziza Mingbaeva

Joriy yilning 11-oktabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida daraxt va buta koʼchatlarini ekish belgilangan.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikamiz boʼylab “Dolzarb 40 kunlik” e'lon qilindi va barcha tashkilot muassasa, keng jamoatchilik vakillari mazkur loyixa doirasida daraxt va buta koʼchatlari ekish ishlari olib borishmoqda.

Institutning Surxondaryo viloyati «Survilerloyiha» bo‘linmasi xodimlari tomonidan tadbir doirasida 500 dan oshiq daraxtlar ekildi.

Andijon viloyati bo’linmasi mutaxassislari tomonidan mavjud Andijon viloyati Marxamat tumani Istiqlol massivida joylashgan “O’quv-tajriba” xo’jaligiga yuqoridagi loyiha doirasida 50 ta pavloniya, 200 ta tut va 25 tup manzarali daraxt ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.