Sayt test rejimida ishlamoqda...

“Ko‘chmas mulk diqqat markazida: baholash, tartibga solish, rivojlantirish” xalqaro konferensiyasi

Xalqaro hamkorlik   2024-09-23   Aziza Mingbaeva

Rossiya Federatsiyasi Kasb-hunar ta’limi instituti va viloyatlararo baholovchilar uyushmasi taklifiga asosan joriy yil 20-sentabrda Moskva shahrida “Ko‘chmas mulk diqqat markazida: baholash, tartibga solish, rivojlantirish” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur konferensiyada "O‘zdavyerloyiha" instituti bo‘lim boshlig‘i Q.Xojiyev ishtirok etmoqda. 


Shuningdek, xalqaro konferensiya davomida Rossiya, Belorus, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning davlat idoralari va korporatsiyalari, banklar, kompaniyalari va ishlab chiquvchilari, yetakchi baholovchilar va ko‘chmas mulk ekspertlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.