Sayt test rejimida ishlamoqda...

Mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish davlat xizmatchisi nizomidir

Tadbirlar   2024-02-08   Aziza Mingbaeva

 Bugun Toshkent davlat agrar universitetida "Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish" mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

 Ushbu seminar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Hisob palatasi, Bosh Prokuratura, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi hamkorligida tashkil etildi.

Mazkur seminarda davlatimiz rahbarining joriy yil 16-yanvardagi 2024-yilda Makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan ishlarning mohiyati, shuningdek, Qishloq vazirligi tizimidagi tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan o‘zaro integratsiyani kuchaytirish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, vazirlikda moliyaviy hisob-kitoblarni tizimlashtirish, statistik va tahliliy ma’lumotlarni sifatli tayyorlash, ichki audit samaradorligini oshirish borasida ham mutaxassislar o‘z tajribalarini almashdi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan seminar tajriba almashish uchun mardimaydon bo‘ldi.