Sayt test rejimida ishlamoqda...

MARKAZIY OSIYO YAYLOVLARI: GLOBAL MUAMMOLAR VA GLOBAL IMKONIYATLAR

Xalqaro hamkorlik   2022-11-17   Aziza Mingbaeva

Joriy yilning 15-17 noyabr kunlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Markaziy Osiyo yaylovlari: Global muammolar va global imkoniyatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etilgan. 

Mazkur konferensiya doirasida AQShning Nevada universiteti hamda Germaniyaning Rostok universiteti olimlari "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti bilan hamkorlikda Samarqand viloyati Nurobod tumani hududida yaylovlarning hozirgi holatini baholash bo'yicha Dala seminarini o'tkazilishi belgilangan. 

Ayni damda institutning “Yer resurslarini avtomatlashtirish” bo‘limi yetakchi yer tuzuvchi muhandisi Xurshid Mallayev hamda “Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish” bo‘limi yetakchi yer tuzuvchi muhandisi Bohodir Xakimovlar mazkur konferensiyada faol ishtirok etishmoqda.