Sayt test rejimida ishlamoqda...

Namanganda Yoshlar forumi 2022

Tadbirlar   2022-06-24   Aziza Mingbaeva

 ”O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan tashkillashtirilgan forumda qatnashish uchun respublikaning 100 nafarga yaqin faol yoshlari tashrif buyurishdi.

• Ularning aksariyati “E-AUKSION” onlayn elektron savdo platformasi orqali turli hududlarda yerlarga ega, agrar soha kelajagi bo‘lgan yigit-qizlardir.

• Ishtirokchilar soha bo‘yicha o‘zaro fikr va tajriba almashish, ustozlarning maslahat va tavsiyalarini olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

• Sport musobaqalari va qiziqarli tanlovlar esda qolarli bo‘lmoqda;

• Forumda Gender tenglik masalalari ham qizg‘in muhokama qilinmoqda.

• Ishtirokchi yoshlar Namangan shahridagi“Axsikent” tarixiy muzeyi va “Afsonalar” bog‘iga ham tashrif buyurishdi.

• Forum qatnashchilarining Pop tumaniga bo‘lgan sayohatida direktorlarning veloturniri va qizlar bellashuvlari ham tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.