Sayt test rejimida ishlamoqda...

NKMK tarixi muzeyiga sayohat

Tadbirlar   2025-04-04   Aziza Mingbaeva

"O'zdavyerloyiha" DILI "Navvilyerloyiha" bo'linmasi xodimlarini kon-metallurgiya sanoatida amalga oshirilayotgan izchil islohotlardan xabardor qilish maqsadida “Farhod” madaniyat saroyidagi “NKMK tarixi muzeyi”ga sayohati tashkil etildi.


Navoiy kon metallurgiya kombinati tarixi muzeyi kombinatning 60 yillik tarixini oʻzida mujassamlashtirgan.

Muzeyda kombinatning egallab turgan maydoni, faoliyat koʻlami, davlat uchun daromadlilik darajasi, ishlab chiqarish quvvatlarining kattaligi, mahsulotlar turlari, band boʻlgan xodimlar soni, umuman olganda, barcha ma'lumotlar bilan tanishish mumkin.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tizimidagi sanoat korxonalari maketlari ham oʻrin olgan. Shuningdek, kombinatning erishgan yutuqlari, faoliyat olib borayotgan olimlar ilmiy izlanishlari natijalari muzey eksponatlari orasidan joy olgan.