Sayt test rejimida ishlamoqda...

O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI

Yangiliklar   2022-12-07   Aziza Mingbaeva

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayev Amirqulovich Prezident farmoni bilan ta'sis etilgan O'zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi estalik nishoni bilan taqdirlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentning “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilingan edi. 

Farmonda Qonunimizning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni qonunga hurmat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillarining taqdirlanishi nazarda tutilgan. 

Qishloq xo'jaligi vaziri Aziz Voitov Botirovich tomonidan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishoni topshirildi.