Sayt test rejimida ishlamoqda...

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi

Tadbirlar   2022-08-31   Aziza Mingbaeva

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash institutida "Vatan onamdursan" shiori ostida kengaytrilgan bayram yeg'ilishi bo'lib o'tdi.

Rahbariyat tomonidan vatanga sadoqatli, o'z kasbiga mehr qo'ygan, institutimiz rivojiga o'z hissasini qo'shib kelayotgan bir guruh hodimlar tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar bilan rag'batlantirildi.

Shu munosabatdan foydalanib barcha Vatandoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan butun institut nomidan tabriklaymiz. Vatanimizni, xalqimizni, barchamizni yaratganning o‘zi yomon ko‘zlardan, yomon niyatlardan asrasin. Osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!