Sayt test rejimida ishlamoqda...

O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi eksperti "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti bo'lim boshlig'i Qo'chqor Xojiyev intervyusi.

Yangiliklar   2024-01-18   Aziza Mingbaeva

O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining 2023-yildagi faoliyati yakunlari, shuningdek, 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalish va vazifalari muhokama qilindi.


Tadbirda Qo‘mita aʼzolari, yoshlar parlamenti aʼzolari, qo‘mita huzuridagi ekspert guruhi aʼzolari, hududlardan mahalliy Kengashlar kotibiyati mudirlari, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiyasi raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Qo‘mita tomonidan 2023-yil davomida Davlat dasturi, Prezidentning agrar sohani rivojlantirishga oid farmon va qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq muayyan ishlar amalga oshirilgan.

Xususan, Qo‘mita aʼzolari ishtirokida qonunchilik va parlament nazorati faoliyati doirasida 18 ta muhokama o‘tkazilib, ularda 42 ta masala ko‘rib chiqilgan. Qo‘mita masʼulligida Senatning yalpi majlislariga 7 ta qonun va 5 ta masala tayyorlangan, 1 ta parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinib, vazirlik va idoralarga 12 ta senator so‘rovi yuborilgan.