Sayt test rejimida ishlamoqda...

O'ZBEKISTONDA ILK YER TUZISH TEXNIKUMI QACHON TASHKIL TOPGAN?

Bu qiziq   2022-10-27   Aziza Mingbaeva

Yer tuzish sohasining tarixi deyarli ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Ana shu davrlarda ham odamlar yerning qadrini tushunishgan.

O'zbekiston tarixida ilk Yer tuzish texnikumi 1924-yilda Samarqand viloyatida tashkil etilgan bo'lib, 1931-yilda ilk bor Yer tuzuvchi muhandis hamda mutaxassislar mazkur texnikumni tamomlashgan.

Texnikumlardagi ta'lim asosan amaliy mashg'ulotlardan iborat bo'lgan. 

1925–29-yillarda Oʻzbekistonda yer-suv islohoti amalga oshirilgan. Bu islohot joylarda shart-sharoitlar va tayyorgarlik darajasiga qarab uch bosqichda oʻtkazilgan. Keyinchalik qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirish amalga oshirilib, kolxoz va sovxozlar tuzilgan.

Ma'lumot o'rnida: XX asrning 20-30 yillarida texnikumlarda o'qish davri 7 yilni tashkil etgan. 

Foto manbaa: "O'zdavyerloyiha" DILI Arxivi