Sayt test rejimida ishlamoqda...

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti hodimlari tomonidan qishloq xo'jaligini raqamlashtirish doirasida yangi innovatsion dasturi ishlab chiqildi.

Ilmiy ishlar   2022-07-28   Aziza Mingbaeva

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy-loyihalash instituti hodimlari tomonidan qishloq xo'jaligini raqamlashtirish doirasida yangi innovatsion dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu dastur R-GIS deb nomlanib u "Yer axborot tizimi" portalidagi ma'lumotlarini qayta ishlash, tahlil qilish, va ochiq shaffof tarzida online ma'lumotni ko'rish imkonini beradi. Bunda asosan, qishloq xo'jaligidagi yer uchastkasi foydalanuvchilari to'g'risidagi ma'lumotlarni uchuvchisiz uchish qurilmalari va suniy yo'ldoshlardan olingan so'ngi ma'lumotlardan foydalanib, onlayn va real holatda yangilash va tanishish imkonini beradi.