Sayt test rejimida ishlamoqda...

"Orol dengizining quyi havzasida yerlarni tiklash" loyihasi

Xalqaro hamkorlik   2022-10-25   Aziza Mingbaeva

Joriy yilning 24 oktabr kuni Qishloq xo'jaligi vazirligida Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) vakillari bilan "Orol dengizining quyi havzasida yerlarni tiklash" loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorgarlikni boshlash bo‘yicha "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar mazkur loyiha doirasida Orol dengizining quyi havzasidagi degradasiyaga uchragan yerlarni tiklash bo‘yicha fikr va mulohazalar bilan o‘rtoqlashishdi.