Sayt test rejimida ishlamoqda...

OZARBAYJON RESPUBLIKASI “AZERKOSMOS” OAJ SAVDO GURUHI BILAN ISHCHI UCHRASHUV

Xalqaro hamkorlik   2022-09-20   Aziza Mingbaeva

Bugun "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash institutida Ozarbayjon Respublikasi “Azerkosmos” OAJ Savdo guruhi bilan ishchi uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Mazkur uruhning institut vakillari bilan uchrashish maqsadi yer tuzish loyihalarini tuzishda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish, uchuvchisiz uchish qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishdagi hozirgi kundagi muammolar va ularni yechimi bo‘yicha tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga quyish masalalarini muhokama qilish hisoblanadi. 

Ma'lumot o'rnida: “Azerkosmos” OAJ o‘zining 3 ta sun’iy yo‘ldoshiga hamda muhandislar va mijozlar jamoasiga ega bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi.