Sayt test rejimida ishlamoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zolari bilan uchrashuv

Yangiliklar   2025-05-22   Aziza Mingbaeva

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo'jaligi masalalari qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida joriy yilning 22-may sanasida institut rahbariyati hamda xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zolari Muxammedov Maxsud Murodovich hamda Siddiqov Risqul Ergashboyevichlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.


Ta'kidlash joizki, ochiq muloqotda qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, huquqiy madaniyatni oshirish, mamlakat taraqqiyotiga qaratilgan strategiyani qo'llab-quvvatlash shuningdek ilmiy-tadqiqot yutuqlarini faol jalb qilish borasidagi mavzular yuzasidan o'zaro fikr almashildi. 


Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zolari institut faoliyati, bo'limlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.