Sayt test rejimida ishlamoqda...

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi

Tadbirlar   2026-01-14   Aziza Mingbaeva

"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash jamoasi 14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.


Yurtimiz uchun muhim sana munosabati bilan institut markaziy apparatida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi. Ushbu yig'ilishda O'zbekiston Respulikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti Bosh direktori Ruhiddin Turayevlarning "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi" o'qib eshittirildi. 

Bugungi kunda xalqimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ulkan yutuq va marralarni qo‘lga kiritmoqda. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida amalga oshirilayotgan tom ma’nodagi tarixiy o‘zgarishlarda shavkatli Qurolli Kuchlarimizning, sizlarning ham munosib hissangiz bor, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Biz sizlarni buyuk ajdodlarimiz an’analarining shonli davomchilari deb bilamiz va sizlardek Vatanga fidoyi, dushmanga shafqatsiz, jangovar saflarda doimo hushyor va kurashga shay bo‘lgan azm-u shijoat sohiblari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.